alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJODKOR VA TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

12:09 18.04.2023

Talaba-yoshlarni yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Vosit Ahmad bilan Davolash fakulteti talabalari ishtirokida badiiy-ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, ijodkorlar asarlari bilan tanish bo‘lish insonlar dunyoqarashini yanada boyitishi, undagi turli qahramonlarning taqdiri biri ibrat bo‘lsa, boshqa biri yaxshi, yomon haqida xulosa chiqarishga undashi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, yozuvchi Vosit Ahmad so‘z olib, avvalo barcha “qalam ahliga” g‘oyibona bo‘lsa-da, ustoz bo‘lgan ijodkorlarning hayoti va ijodi haqida aytib o‘tdi. O‘zining hajviy, yumaristik kabi janrlarda yozgan asarlari haqida so‘zladi. Ularni yozish paytidagi ichki kechinmalar, qahramonlar kulgusi-yu, qayg‘usiga sherik bo‘lish kabi jarayonlar bilan bo‘lishib, “Do‘ppi” nomli hikoyasini o‘qib berdi.

Tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsion qonun loyihasida barcha sohalar qatori ijdkorlarning huquq va manfaatlari mustahkamlanayotgaligi haqida ta’kidlab, Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yozuvchi tomonidan atroflicha javob oldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!