alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ijtimoiy gigiena va SSB kafedrasi

BABICH SVETLANA MIXAYLOVNA
Ish vaqti: 8.00 – 17.00.
Tel: +998 90 622 39 95
e-mai: bsm959@mail.ru
Manzil: Baza: ADTI asosiy bino, 4- qavat.

IJTIMOIY GIGIYENA va SSB KAFEDRASI tarixi va faoliyati

IJTIMOIY GIGIYENA va SSB KAFEDRASI 1958 – YILNING SENTABR OYIDA TASHKIL ETILGAN. Birinchi kafedra mudiri: ADTI rektori, t.f.d., professor U. A. Alimov (1910-1964- y.) bo’lgan.1963- yilning may oyidan 1981- yilning avgust oyigacha kafedraga ADTI rektori, t.f.n., professor Y.A.Atabekov rahbarlik qilgan. Professor Y.A. Atabekov respublikada va sobiq ittifoq miqyosida tanilgan olim, sog’liqni saqlash xalq komissari, Toshkent shahar sog’liqni saqlash bo’limini mudiri, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutini kafedra mudiri, sharq tabobatini asoschisi. Professor Y.A.Atabekov Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi ko’p tarmoqli klinikani qurdirib, ishga tushirib, ilm shifo maskaniga aylantirdi, pediatriya va vrachlar malakasini oshirish fakultetlarini tashkil etdi. Jahonga mashhur olim Abu Ali Ibn Sino byustini yaratish ishchi guruhi rahbari sifatida tanilgan va o’zidan keyin ko’pdan ko’p shogirdlar qoldirgan ustoz bo’ladi. Professor Y.A.Atabekov rahbarligida ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil qilish sohasi mutaxassislari tayyorlandi: M.A.Ataxanov, A.X.Xodjakov, N.V.Jukovskaya-Jdanova, M.M. Omerov, M.X. Salieva, K.M.Jalolova, A.N.Mamatoxunova va boshqa olimlar yetishib chiqdi. Ya`ni 11 ta nomzodlik va bitta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi: dotsent M.A.Aripov, dotsent M.A.Ataxanov, dotsent N.V. Jukovskaya, t.f.n. A.X.Xodjakov, professor M.M.Omerov, dotsent M.X.Salieva, dotsent K.M. Djalalova, dotsent A.N. Mamatoxunova, dotsent S.M. Babich . Professor Y.A.Atabekov ko’pdan – ko’p orden va medallarga sazovor bo’ldi, sog’liqni saqlash tizimi a`lochisi, Qo’qon shahrida tavallud topib ulg`aygan. 1960- yilda ijtimoiy gigiyena va Sog’liqni saqlashni tashkil qilish kafedrasida faqat 2 nafar assistent, 1965- yilda 5 kishi, ulardan 2 tasi dotsent, 1980 – yilda esa 2 ta dotsent va 7 ta assistent ishlagan. 1981-1985- yillari kafedra mudiri bo’lib t.f.n., dotsent M.A.Aripov (1925-1997-y.) ishlagan. Dotsent M.A.Aripov 100 dan ortiq ilmiy ishlar, 5 ta ratsionalizatorlik takliflar muallifi. 1986 – 1991- yillari kafedrani t.f.d., professor D.G. Rozin boshqargan. Professor D.G. Rozin rahbarligida dotsent S.M.Babich, M.M.Mirmuminov, Z.A.Turakulov nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlaganlar. 1991-1998-y. kafedra mudiri – t.f.n., dotsent O.N.Mamatoxunova. Dotsent O.N.Mamatoxunova 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 1999 – yili umumiy va ijtimoiy gigiyena kafedra birlashtirilib umumiy va ijtimoiy gigiyena, sog’liqni saqlash tizimini boshqarish deb nomlandi. 1999 – yildan 2002 – yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent M.Z.Nizomov (1944-2002) boshqardi. Shu yili umumiy va ijtimoiy gigiyena, SSB kafedrasi birlashtirildi. Dotsent M.Z.Nizomov 1985 – yildan 2002 – yilgacha internatura va ishlab chiqarish amaliyoti dekani, 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Kafedrada quyidagi o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib o’tishgan: S.M. Babich , U.M. Sadikova , M.K. Botirova , R.S. Xajimatov. 2002-2003- yy. kafedra mudiri lavozimida dotsent O.N.Mamatoxunova (1944- 2014) ishladi. 2004- yildan 2007- yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent M.T.Butaboev boshqardi. Dotsent M.T.Butaboev 42 ta ilmiy maqola va tezis, 4 ta uslubiy qo’llanmalar va to’plamlar, 5 ta ratsionalizatorlik taklif muallifidir. 2007-2012 – yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent M.X.Salieva boshqarib kelgan. Dotsent M.X.Salieva 400 dan ortiq ilmiy ishlar, 60 tadan ortiq ratsionalizatorlik takliflar muallifidir. 2012-2016 -yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent S.M. Babich boshqargan. Dotsent S.M. Babich 300 dan ortiq ilmiy ishlar, 30 tadan ortiq ratsionalizatorlik taklifi muallifidir. 2016-2017- yilgacha kafedrani katta o’qituvchi Q.M.Yusupov boshqarib kelgan. 2017-2018 -yillarda kafеdraga dotsent Saliyeva Mаnzura Xabibovnа rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda kafedrani t.f.n., dotsent S.M. Babich boshqarib kelmoqda. Dotsent S.M. Babich 300 dan ortiq ilmiy ishlar, 30 tadan ortiq ratsionalizatorlik taklifi muallifidir.