Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon davlat tibbiyot institutida roʻmol oʻragan qizlarni yakuniy davlat imtihonlariga kiritilmayapti” mavzusi ostida berilgan maqola va videoga institut axborot xizmatining rasmiy munosabati

18:07 15.06.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida har kim eʼtiqod erkinligiga ega ekanligi taʼkidlab oʻtilgan. Qonun ustuvorligi barcha tashkilotlardan tortib taʼlim muassasalarida ham taʼminlanadi. Xususan Andijon davlat tibbiyot institutida ham  xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarning shaxsiy huquq-erkinliklarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bosh Qomusimizda fuqarolarning huquqlari bilan bir qatorda burchlari ham belgilab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga rioya qilish, taʼlim muassasasida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilish ham koʻzda tutilgan. Andijon davlat tibbiyot instituti Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli taʼlim muassasasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2022 yil 24-martdagi 88-sonli “Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq Kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi,  mazkur buyruqqa asosan Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining buyrugʻi hamda institutning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan buyruq asosida faoliyat olib boradi. Buyruqda tibbiyot muassasasi xodimi va talabalarining kiyinish madaniyati alohida qayd etilgan. Oq xalat va unga mos bosh kiyimda boʻlishga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu bois oliygohdagi barcha professor-oʻqituvchilar va talabalar mazkur buyruq asosida kiyinadilar. Muassasada Simulyatsion markaz boʻlib, unda bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish va bogʻlov xonalari mavjud. U yerda talabalar amaliyot jarayonlarini olib boradilar.

Xususan, talabalar yakuniy davlat attestatsiyasiga ham qoidalarga mos ravishda kiritiladi, chunki imtixon jarayonlarida yoshlar olgan bilim va koʻnikmalarini amaliy koʻrsatib berishlari kerak boʻladi.

Videoda koʻrish mumkinki, taʼlim muassasasiga kirayotgan qiz yuqorida qayd etilgan buyruq asosida kiyinmagan, nazoratchi tomonidan esa tartib-qoidalar atroflicha tushuntirilgan. Kiyinish madaniyatiga rioya qilish birgina roʻmol oʻragan qizlardan emas, haddan ziyod kalta kiyingan va sochi yoyilgan qizlar va sport kiyimida kelgan yigitlardan ham talab etiladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!