“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
Mazkur mukofot sohibi bo‘lish istagida bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari fakultet bosqichida ishtirok etdilar va institut bosqichida 9 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi. Test natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 3 nafar ishtirokchi esa Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Keyingi asosiy bosqichda talabalarmizga omad tilaymiz!