Xalqaro tan olingan ilmiy maqolalar nashriyoti hisoblangan “Elseviyer”ning mintaqaviy masʼullari Damir Rahmetov va Kiril Ivanov Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldilar. Ular bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov uchrashuv oʻtkazdi. Unda institut professor-oʻqituvchilarining «Scopus», «Web of Science» kabi xalqaro reytinglarda tan olingan nashriyotlarda oʻz ilmiy maqolalarini tayyorlash, chop etish, ularga xalqaro maʼlumot bazalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha trening va master-klasslarni oʻtkazish, yetakchi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar va natijalarni chop etish boʻyicha taklif-mulohazalar bildirildi. Bunda mintaqaviy masʼullar tomonidan amaliy yordam berishlari borasida ham kelishib olindi.