“ILMLI AYOL-JAMIYAT KO’ZGUSI” HAFTALIGI DOIRASIDA SAYOHAT TASHKIL QILINDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ILMLI AYOL-JAMIYAT KO’ZGUSI” HAFTALIGI DOIRASIDA SAYOHAT TASHKIL QILINDI

22:36 13.02.2024

Bugun, 13-fevral kuni “Ilmli ayol-jamiyat ko’zgusi” haftaligi doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova boshchiligida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida institutda tahsil olayotgan qoraqalpog‘istonlik talaba-qizlar uchun sayohat tashkil qilindi.

Ular Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi “Bog‘i Bobur” madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi bilan tanishdilar. Mazkur muzeyning moviy gumbazi ichidagi va devoridagi bezak rasmlari “Boburnoma” asari mazmunida chizilgan. U yerda noyob qo‘lyozmalar, kitoblar va tarixiy ashyolar, Bobur asarlarining qo‘lyozma nusxalari, Bobur davri qurol-aslahalari, saroy ahli kiyimlari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar o‘rin olgan. Talabalar boburiylar tarixi, ularning yashash tarzi, Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida ko‘lab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeydan joy olgan eksponatlar esa talabalarning eshitgan ma’lumotlarini ko‘z o‘ngida jonlantirishlariga imkon yaratdi.

Ma’lumot uchun, “Bog‘i Bobur” — Andijon shahrining janubi-sharqida — Buyuk Ipak yo‘li yoqasi (Bog‘ishamol) dagi adirda joylashgan. Bog‘ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan 1993-yilda foydalanishga topshirilgan. 357 gektar maydonni egallagan bog‘ Kobul shahridagi Bog‘i Boburga qiyosan qurilgan.

Skip to content Click to listen highlighted text!