alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INNOVATSION G‘OYALAR XAFTALIGI «INNOWEEK.UZ-2022» YARMARKASINING INSTITUT BOSQICHI – YANGI LOYIHALARGA ESHIK OCHMOQDA

15:14 11.05.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Andijon davalat tibbiyot institutida Innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeekUz” yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Unda viloyat innovatsion rivojlanish xududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muzaffar Madazimov hamda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov ishtirok etdi va haftalik doirasida taqdim etilgan loyihalar va innovatsion texnologiyalar yangi biznes munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, sarmoyadorlarni jalb etish uchun katta imkoniyat bo‘layotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Haftalikda ellikdan ortiq ishlanmalar, startap loyihalari va tadqiqotlar namoyish etildi. Xususan, Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi tomonidan “Sut bezi saratoni va saraton oldi kasalliklarini erta tashxislashda komplaens profilaktikasi chora-tadbirlarining ahamiyati”, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasining “Prediabed xavf omillarini baholash va qandli diabed 2-tur yurak qon tomir yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda “Diaxatar” dasturini qo‘llash” hamda Farmatevtik fanlar kafedrasining “Aroma terapiya” xonasi mutaxassislar e’tiborini tortdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli o‘rinlar Z.Madumarova, Z.Baxavadinovaga nasib etdi. “Yosh olimlar” o‘rtasida esa Sh.Abdullayev, Sh.Tadjimirzayeva, I.Bektashev yuqori o‘rinlarga munosib deb topildi. Shuningdek, “Istiqbolli innovator” nominatsiyasi bo‘yicha M.Matazimov, “Eng yaxshi amaliy ishlanma” nominatsiyasi bo‘yicha M.Qodirov hamda “Innovator ayol” nominatsiyasi bo‘yicha esa Sh.Yusupova taqdirlandi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!