Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xizmat safari doirasida Hindistonning Kerala shtatida joylashgan “Ayurverik davolash markazi” faoliyati bilan tanishib, markaz direktori bilan hamkorlik masalalari yuzasidan suhbatlashgan edi.
Shu kunning o‘zida institut rektori Balaram Pur shahrida joylashgan Andijon davlat tibbiyot institutining Janubiy Hindistondagi vakolatxonasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Qolaversa, ushbu vakolatxona direktori Usha Kumari bilan Andijon davlat tibbiyot institutiga Janubiy Hindistondan talabalarni va turistlarni jalb etish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi. Unga oid tomonlarning taklif va mulohazalari tinglanib, rejalar tuzildi.