Joriy yilning 23-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida institutning 14 nafar malakali mutaxassislari tomonidan Asaka tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 7-oilaviy poliklinikada aholi vakillari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Tibbiy ko‘rikda “Ergashobod” mahallasining 322 nafar aholi vakillari ishtirok etdi. Ko‘ruvlar davomida 54 ta UTT, 38 ta EKG, 63 ta laborator tekshiruvlar o‘tkazildi. Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 8 nafar bemorga viloyat va 12 nafar bemorga tuman tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, 4 nafar bemorning uylarida tibbiy tekshiruvlar o‘tkazildi. Ko‘rikdan o‘tkazilgan fuqarolarning holatlari haqida ma’lumotlar berilib, kerakli davolash usullari tavsiya qilindi. Yurtdoshlarimizga uy sharoitida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berildi.