alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI “JARROHLIKDA YANGI TEXNOLOGIYA. GIBRID JARROHLIK” MAVZUSIDA MAʼRUZA O‘QIDI

16:59 16.05.2023

Oliy taʼlim muassasalari rektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars o‘tmoqdalar.

Xususan, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov ham Davolash fakulteti 3-bosqich talabalariga maʼruza o‘qidi.

“Jarrohlikda yangi texnologiya. Gibrid jarrohlik” mavzusida o‘tgan maʼruzada inson terisi tananing muhim aʼzosi ekanligi, uni turli tashqi taʼsirlar, kuyish va sovuq urishidan himoya qilish zarurligini aytib o‘tdi.

Aynan kuyish sababli murojaat qilgan bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ularga muolajalar belgilashda muhim ahamiyatli jihatlar, kuyish darajasini aniqlashning usullarini tushuntirdi.

Qolaversa, plastik jarrohlik haqida ham maʼlumotlar berib, uning bemorlar ruhiyatiga ham taʼsiri haqida so‘z yuritdi.

–    Plastik jarrohlik bu – nafaqat bemorlar hayotini saqlab qolish, ularni davolash balki, estetik mahorat hamdir. Kuyish yoki boshqa jarohatlar sabab murojaat qilgan bemorlarga yordam ko‘rsatish bilan birga ular tanasining tabiiy holatini imkon qadar chandiqlarsiz saqlab qolish muhim hisoblanadi- dedi, institut rektori.

Shuningdek, maʼruza davomida jarrohlikning anʼanaviy hamda zamonaviy usullari, ularni amaliyotga tatbiq etishning samaralari haqida foydali bilimlarni berdi.

Yakunda, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!