Bugun, 28-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Rostok universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.
U yerda Rostok universiteti rektori, professor Elizabet Prommer, Tibbiyot fakulteti dekani professor Krauze va bo’lim boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda qo‘shma ilmiy faoliyat, ilmiy-tadqiqot ishlari, doktoranturani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tibbiy yordam, diagnostika va davolashni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlar, innovatsion radiologiyani, xususan urologik onkologiya, klinik radiologiya sohalarida mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, Rostok universiteti klinikalarida malaka oshirishni joriy etish yuzasidan kelishuvga erishildi.