INSTITUT TASARRUFIDAGI TEXNIKUMLAR DIREKTORLARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT TASARRUFIDAGI TEXNIKUMLAR DIREKTORLARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

14:42 09.09.2023

Bugun, 9-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov tomonidan institut tasarrufidagi tibbiyot texnikumlarining direktorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Andijon hamda Namangan viloyatlarida joylashgan 14 ta texnikum rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda  2022/2023-o‘quv yili sarxisob qilinib, yutuqlar va kamchiliklar aytib o‘tildi. Ulardan xulosa qilgan holda 2023/2024-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirilib, ular yuzasidan takliflar tinglandi. Texnikumlarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarni chet tillarini mukammal o‘zlashtirgan holda sertifikatlar olishga yo‘naltirish tavsiyalari berildi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov tomonidan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, uning salbiy oqibatlaridan ta’lim muassasasi xodimlari va o‘quvchi-yoshlarni ogohlantirish muhimligi aytib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!