Bugun “Tibbiy ta’limda kredit-modul tizimi” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda instiut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan me’yoriy xujjatlarni tayyorlash tartibi, “I-EDU Group” mutaxassisi U.Mirzalimov “https://e-univer.adti.uz/ platformasiga joylashtiriladigan kontentlarga qo‘yiladigan talablar”, institut o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Q.Yusupov “2021-2022-o‘quv yilida barcha ta`lim yo`nalishlari 1-bosqich talabalariga kredit-modul tizimida o`qitishga tayyorgarlik” mavzularida ma’ruza qildilar.
O‘quv-uslubiy seminarda kafedralar o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar, moderatorlar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Seminar qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi va seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘liq javob oldilar.
Seminarni o‘tkazishdan maqsad institutda 2021-2022-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-kurslarida kredit-modul tizimida o‘qitilishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish, kredit-modul tizimida talabalarni baholashning o`ziga xos xususitatlari tushuntirib o`tildi. Shu munosabat bilan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlashga yangicha yondashish talab etiladi.
Seminarda o‘quv-uslubiy majmualarni tarkibiy tuzilmasi, har bir tarkibiy qismlarni tayyorlash va ularni elektron ta’lim platformasiga joylashtirishga qo‘yiladigan talablar atroflicha bayon etildi.