alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA INSON HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

12:28 31.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda rektor maslahatchisi X.Zokirov, Yoshlar masalalari  va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Andijon viloyati IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi S.Ismoilov, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum jarayonlari  haqida aytib o‘tdi.

 

Shundan so‘ng, so‘z olgan Andijon viloyati IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi S.Ismoilov yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar haqida, har kim fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, ekstremizm, terrorizm, buzg‘unchilik va shafqatsizlik g‘oyalariga qarshi maʼnaviyat hamda maʼrifat bilan kurashish zarurligini taʼkidlab o‘tdi.

Navbatda rektor maslahatchisi X.Zokirov so‘z olib, talabalar dars jarayonlarida o‘z vaqtida ishtirok etib, fanlarni o‘zlashtirishlari muhimligi haqida aytib o‘tdi. Shu bilan birga, hozirda ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish, turli asossiz maʼlumotlarga ishonmaslik haqida ogohlantirdi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun institutda turli fan, sport hamda hunar to‘garaklari faoliyat yuritayotgani va undan barcha talaba-yoshlar birdek unumli foydalanishlari mumkinligini taʼkidlab o‘tdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!