alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTGA BIRIKTIRILGAN TEXNIKUMLAR RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17:19 12.06.2024

Bugun, 12-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon, Namangan viloyatlarining Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va mas’ul kotiblari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilish institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi, Professional ta’lim, akademik litsey va texnikumlarga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov 2023-2024-o‘quv yilining yakuniy davlat attestatsiyasini shaffoflik bilan o‘tkazish, 2024-2025-o‘quv yili jarayoniga tayyorgarlik haqida muhim eslatmalarni aytib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov qabul ishlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik holatlari bo‘yicha, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, korrupsiyaning ayanchli holatlari aks etgan videorolik namoyish etildi. Ushbu yig‘ilishda qo‘yilgan masala har bir rahbar tomonidan jamoaga yetkazish uchun vazifa etib belgilandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!