Skip to content ISHCHI GURUH VAKILLARI “REGISTRATOR OFISI” FAOLIYATI BILAN TANISHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ISHCHI GURUH VAKILLARI “REGISTRATOR OFISI” FAOLIYATI BILAN TANISHDI

17:07 14.07.2025

Ayni kunlarda, Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyatining samaradorligini o‘rganish maqsadida, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Rasulov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 14-iyul kuni ishchi guruh vakillari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan “Registrator ofisi”ning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida “Registrator ofisi” faoliyatining tashkiliy tuzilishi, hujjat aylanish jarayonlari, akademik ma’lumotlar bazasining yuritilishi, talabalar bilan ishlash amaliyoti hamda kredit-modul tizimidagi baholash mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

Ishchi guruh institut rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot olib borib, “Registrator ofisi” faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim jarayonida xizmat sifatini oshirish va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.

adti.uz
Would like to send you notifications