ADTi klinkasi Ma’ruzalar zalida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i U.Vahobov, reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Daminjonov, institut dekan o‘rinbosarlari, psixolog va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida mutaxassislar talabalarga iste’molchilik madaniyati, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, reklama bozorini tartibga solish borasida tushunchalar berib o‘tdilar. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.