alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JAMIYAT YIG’ILISHI O’TKAZILDI

20:23 05.04.2021

Аndijon davlat tibbiyot instituti bolalar jarrohligi kafedrasida Fargʼona vodiysi bolalar xirurglari, urologlari, yuz-jagʼ va plastik xirurglari ishtirokida jamiyat yigʼilishi oʼtkazildi. Jamiyatning bu galgi yigʼilishi bolalar xirurgik xastaliklarida kaminvaziv jarrohlik amaliyotlarini qoʼllash va uning afzalliklariga bagʼishlandi.

Jamiyat yigʼilishida Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi boʼyicha amaliy uslubiy yordam berish uchun Fargʼona vodiysi viloyatlariga masʼul etib biriktirilgan Toshkent pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri t.f.d., professor M. Аliyev ishtirok etdi.

M. Аliyev yigʼilish qatnashchilariga bolalar xirurgiyasidagi zamonaviy yondashuvlar va bajarilishi lozim boʼlgan vazifalar toʼgʼrisida soʼz olib bordi va “Bolalarda oʼt yoʼllari atreziyasi va xirurgik davolash” mavzusida maʼruza oʼqib berdi.

Shuningdek, jamiyat yigʼilishida Fargʼona viloyatidan M. Аliyev “Bolalar urologik kasalliklarini endourologik davolash”, Namangan viloyatidan B. Yakubov “Gipospodiya kasalligini zamonaviy xirurgik davolash”, Аndijon viloyatidan T. Rasulov “Bolalar churra kasalligida laparoskopik Pirs operatsiyasini qoʼllash” mavzularida maʼruzalari tinglandi. Barcha tinglangan maʼruzalar savol-javob va muhokamalarga boy boʼldi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!