alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“JINOYATChILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDA TADBIR

16:56 03.10.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ADTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov ochib, ishtirokchilarni tanishtirdi.  Shundan so‘ng, Andijon shahar IIOFMB 3-son IIB XPT profilaktika inspektori kapitani M.M.Qodirov  so‘zga chiqib, talabalar, ayniqsa ijarada yashovchi talabalar bilan ularning ijtimoiy maishiy ahvoli, xonadon holati va uy egalari shaxsi, ta’lim muassasasiga qatnashi xamda turli salbiy g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari xaqida fikrlar bildirdi. Ichki tartib qoidalariga doimo amal qilishlari zarurligi, yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish kerakligi, shundagina Vatan oldida, qolaversa, ota-onamiz va yaqinlarimiz oldida farzandlik burchimizni to‘liq bajarish kerakligi to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida Andijon shahar IIOFMB 3-son IIB XPT profilaktika inspektori katta leytenanti  A.X.Karimov so‘z olib, viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi. Bugungi kunda fuqarolar, jumladan ayrim yoshlar tomonidan sodir etilayotgan o‘g‘irlik, telefon va internetdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, firibgarlik, mayda talon-tarojlik kabi jinoyatlar, Andijon shaxar xududida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan xuquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida bir qator maqsadli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Ochiq muloqot chog‘ida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishib, ularni ogohlik va hushyorlikka chaqirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!