Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Bolalar xirurgiyasi kafedrasida Pediatriya fakultetining 4-bosqich talabalari bilan uchrashuv olib bordi.
Uchrashuv davomida instiut rektori tomonidan talabalarga oʻtgan haftaning muhim xabarlari: Shanhay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti, yurtimizga tashrif buyurgan mamlakat rahbarlari bilan uchrashuvlar, imzolangan bitim va shartnomalar, Samarqand sammiti yakunlari borasida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida institut tartib-intizomi, kiyinish madaniyati, talabalarning darslardagi faolliklari, axborot texnologiyalaridan taʼminlanganlik, yoshlar oʻrtasida salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolmaslik, boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish haqida taʼkidlab oʻtildi.