Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi ayni kunlarda tibbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda xalq tabobatini rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan qo‘shma ta’lim dasturi va innovatsion markaz ochish maqsadida universitet rektori, professor Yoon Seong-Jo va institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salaxiddinov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv: xalqaro fakultet ochish, akademik va talaba almashinuvi, malaka oshirish kabi masalalarda suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, universitet hududidagi simulyatsion markaz, kutubxonalarning faoliyati, undagi imkoniyatlar bilan tanishildi va kelgusida institutimizdagi simulyatsiya markazi imkoniyatini yanada rivojlantirish maqsadlari qo‘yildi.
Uchrashuv davomida universitet rektori va prorektorlarga milliy sovg‘alar taqdim etildi.