Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimini nazorat qilish bo‘limi tomonidan talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish, ta’lim sifatini yaxshilash borasida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda bo‘lim rahbari S.Asqarov tomonidan Davolash fakulteti va Farmatsiya yo‘nalishida taxsil olayotgan 3-bosqich talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, shuningdek, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, nazorat ishlari davomida adolatli bo‘lish lozimligi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.