“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA ONLAYN KONFERENSIYASIDA ADTI XODIMLARI ISHTIROK ETDI. – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA ONLAYN KONFERENSIYASIDA ADTI XODIMLARI ISHTIROK ETDI.

01:27 28.07.2021

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi zalida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston “Adolat” SDP, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, turli vazirlik va idoralarning quyi tizimi xodimlari hamda Andijon davlat tibbiyot institutining bir qator professor-oʻqituvchilari va xodimlari onlayn ishtirok etdilar. Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy ishlar samarasi, ayniqsa, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida uchrayotgan korrupsiya holatlariga qarshi kurashish borasidagi maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar mavzuga oid fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!