Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Dermatovenerologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida profilaktik suhbatlar tashkil qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257 Farmoni mazmun mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi vazifalar, amalga oshirilayotgan ishlar yoritib berildi. Taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz sohaga” aylantirish loyihasini amalga oshirishda barcha professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faol ishtirok etishi kerakligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida noqonuniy harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning vazifasi va unga birgalikda kurashish muhimligi taʼkidlab oʻtildi.
Shundan so‘ng, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.