Andijon davlat tibbiyot institutining xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari diqqatiga!
Mazkur bo‘lim tomonidan Sizlar uchun qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish maqsadida @adti_kqkbbot kanali yaratildi va o‘z faoliyatini boshladi. Sizlardan ishga qabul qilish, imtixon va oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish jarayonlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan korrupsion xatti-harakatlar va ta’magirlik holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishingiz so‘raladi.