Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“LIBOS – MADANIYAT ZIYNATI” SHIORI OSTIDA LIBOSLAR KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI

16:35 27.06.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalaridan farqli o‘laroq tibbiyot kiyimini kiyib, taxsil oladilar. Boisi nazariy bilimlar amaliyot jarayonlari bilan boyitiladi. Amaliyotlar esa Simulyatsiya markazlari va tibbiyot muassasalarida olib boriladi.

“Yoshlar oyligi” doirasida “Libos – madaniyat ziynati” shiori ostida liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

  • Bemor, avvalo ko‘rinishi va libosi bilan ozoda bo‘lgan tibbiyot xodimiga murojaat qiladi. Shirin so‘z va hushmuomala bo‘lgan shifokordan davo topishiga ishonadi. Shu bois ham talabalarning mutaxassisliklarini yaxshi o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda kiyinish madaniyatiga ham alohida e’tibor qaratamiz,- dedi institut rektori M.Madazimov tadbir avvalida.

Shundan so‘ng institut xodimlari va talabalarning liboslari namoyish etildi. Sport tadbirlari va “Yosh volontyorlar”ning, milliy va oqshom liboslari ham tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Ishtirokchilarni “Ishga marhamat” monomarkazi “Xizmat ko‘rsatish va servis bo‘limi” rahbari M.Qurbonova baholab bordi.

Shuningdek, tadbir sho‘x kuy-qo‘shiqlar va raqslarga ulanib ketdi.

Tadbir so‘nggida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ham so‘z olib, mazkur tadbir tashkilotchilari – tyutorlarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!