Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAHALLA YOSHLARINING MUAMMOLARI O‘RGANILDI

15:51 09.08.2024

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilishi natijasida ularning muammolari bevosita oʻz mahallalarida hal etib kelinmoqda.

Jumladan, 2024-yilda amalga oshirilishi belgilab olingan davlat dasturiga asosan, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalarining rahbarlariga “ogʻir” toifadagi, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar nomma-nom biriktirilgan.

Andijon davlat tibbiyot institutiga Marhamat tumanidagi “Qovunchi” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi “qizil toifa”dagi eʼtiborga muhtoj 26 nafar yoshlar biriktirilgan. Ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazilib, muammolari oʻrganilmoqda.

Bugun, 9-avgust kuni institut mas’ullari mahalla yoshlari va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tinglanib, ularga yechim topildi. Jumladan, S.G‘aniyev ishga joylashish bo‘yicha murojaat qildi va shu vaqtning o‘zida tuman mas’ullari bilan muammoni ijobiy hal etish yuzasidan kelishib olindi. I.Oblayorov va S.Valiyevning onalarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zarurligi sababli mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Biriktirilgan yoshlar bilan ishlash jarayoni davom etmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!