alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MA’NAVIYAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO’LDI

13:10 06.04.2022

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Ma’naviyat bo‘limi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, kafedralarning ma’naviyat bo‘yicha mas’ullari, tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida har bir talabaga e’tibor qaratib, ularni turar joy bilan ta’minlash borasida fikr bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, bugungi kun holatiga ko‘ra, Talabalar turar joyida 1051 nafar talaba istiqomat qiladi. 3202 nafar talaba ijara huquqi asosida yashaydi va ularning 350 nafariga ijara shartnomasining bazaviy miqdordagi eng kam ish haqqining 50%gacha bo‘lgan summasi to‘lab berilmoqda. Xususiy yotoqxonalardagi talabalar esa 130 nafarni tashkil etadi.

Yig‘ilishda, shuningdek, mazkur talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish, xonadon egalari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda tartib-intizm, kiyinish madaniyatiga rioya qilish kabi mavzularda suhbat olib borildi. Bu bo‘yicha mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!