Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot resurs markazi xodimlari Marhamat tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda turli tadbirlarni tashkil etib kelishmoqda. Bu galgi tadbir 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlandi. “Oftobim – onam” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbirda, shuningdek, maktab oʻquvchilari ham ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olgan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ayollarning oilada va jamiyatdagi faol oʻrni, Prezidentimiz tomonidan ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yigʻilishida ham ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirish, taʼlim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilganini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir davomida ARM xodimlari tomonidan ayollarni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.