alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANIDA YOSHLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

19:25 02.05.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Yoshlar masalasini muvofiqlashtirish yuzasidan Marhamat tumaniga biriktirildi.

Shu munosabat bilan bugun, 2-may kuni tuman hokimiyatida hokim o‘rinbosari A.Mahammatov va  mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tumanning Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, Adliya, Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari va tuman mahallalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida qatnashchilarga jinoyatga moyil bo‘lgan, migratsiyadagi, ishsiz, maktab bitiruvchilari, professional taʼlim o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va og’ir toifadagi yoshlar  toifalarga biriktirilgan mas’ullarga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Unga ko‘ra, bo‘limlar tomonidan otaliqqa olingan yoshlar doimiy nazorat qilinadi. Ushbu masala yuzasidan qatnashchilarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yuqoridagi vazifalar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xisobot shakli va muddati belgilab berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!