alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT MAYDONI» RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIDA INSTITUTIMIZNING “TONG YULDUZI” JAMOASI ISHTIROK ETDI

11:33 06.02.2023

Ma’lumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ’ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida «Ma’rifat maydoni» respublika tanlovi o’tkazilmoqda.

Kuni kecha, tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Unda viloyatda mavjud 6 ta oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat jamoalar o’zaro bellashdilar. Ular qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan tarkib topgan “Tong yulduzi” jamoasi ham 3ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha qolgan jamoalar bilan bellashdilar.

Mazkur shartlarda faol hamda munosib qatnashgan institutimiz jamoasi faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, tanlovning respublika bosqichida g’olib bo’lganlar quyidagi tartibda:

1-o’rin – 40 million so’m,

2-o’rin – 25 million so’m,

3-o’rin – 20 million so’m,

4-o’rin – 10 million so’m,

5-o’rin – 5 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Tadbir so’nggida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. G’oliblarni samimiy qutlaymiz va respublika bosqichidagi ishtirokida omad tilab qolamiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!