alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«MA’RIFAT ULASHIB» LOYIHASI DOIRASIDA «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

21:42 23.05.2024

Bugun, 23-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va «Andijon Zakovat klubi» NNT bilan hamkorlikda «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida «Talabalar ligasi» hamda 1-liga oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻyinda 18 ta jamoa ishtirok etdi.

Mazkur oʻyin «Andijon Zakovat klubi» NNT koordinatori A.Teshaboyev tomonidan olib borildi. Yakunda Andijon davlat tibbiyot institutining «Dominant» hamda Andijon davlat universitetining «Universal» jamoalari tur gʻoliblari boʻldilar.

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan «Rektor kubogi» mavsumiy turnirining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mavsum yakunlariga koʻra, «Radikallar» jamoasi 1-oʻrinni egalladi. Jamoaga diplom, maxsus «Rektor kubogi» topshirildi. Bundan tashqari, jamoaning har bir aʼzosi bazaviy stipendiyaning 5 barobari miqdorida pul mukofotlariga ham ega boʻldilar. «Dominant» jamoasi esa 2-oʻrinni egalladi. Jamoaga diplom hamda har bir aʼzosiga bazaviy stipendiyaning 4 barobari miqdorida pul mukofoti berildi. «Simple» jamoasi 3-oʻrinni egalladi va diplom hamda jamoaning har bir aʼzosiga bazaviy stipendiyaning 3 barobari miqdorida pul mukofoti berildi. Mavsum davomida faol ishtirok etgan «PDF» hamda «Legends» jamoalariga ham diplom hamda jamoaning har bir aʼzosiga jamoaviy egallagan oʻrniga koʻra bazaviy stipendiyaning 2 hamda 1 barobari miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismida ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!