ANDIJON DAVLAT TIBBIYОT INSTITUTI MATBUOT XIZMATI

Axborot xizmati va matbuot kotibi
Hayitboeva Ra’noxon G‘ofurovna.
tel: +99595-203-36-72.
Elektron pochta: tibbiyot. gulshani@ umail.uz
Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006- yil 22- sentabrdagi 203–sonli “Davlat va xo‘jalik organlarining jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasasi Matbuot va axborot xizmati tashkil etilgan. Matbuot va axborot xizmati faoliyatini ADTI tasarrufidagi “Tibbiyot gulshani” gazetasi muharriri Ra’noxon Hayitboeva boshqaradi. Matbuot va axborot xizmati institutdagi barcha yangilik va xabarlarni oliy ta’lim muassasasi veb- saytiga joylashtiradi hamda “Tibbiyot gulshani” gazetasi sahifalarida o‘z vaqtida yoritib boradi.
Tahririyat jamoasi
ADTI va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi muassisligidagi «Tibbiyot gulshani» gazetasida ishlaydigan xodimlar haqida ma’lumot
№ | Familiya va ismi sharifi | lavozimi | Telefon raqami Elektron pochtasi |
1. | Valiyeva Yulduzxon Kozimovna | Hisobchi | +99895-203-8069 tibbiyot.gulshani@umail.uz |
2. | Sultonova DilafruzSharafiddinovna | Mas’ul-kotib | +99895-203-8069 tibbiyot.gulshani@umail.uz |
3. | Atamirzayeva Mahliyo Habibullayevna | Muxbir | +99895-203-8069tibbiyot.gulshani@umail.uz |
4. | Parpiyev Mansurbek Hamidovich | Dizayner | +99895-203-8069tibbiyot-gulshani.uz |
5. | Nadjmitdinova Gulmira Mahamadaminovna | Sahifalovchi | +99895-203-8069 tibbiyot.gulshani@umail.uz |
6. | O`roqov Odiljon Abdullayevich | Fotomuxbir | +99890-542-5412 tibbiyot.gulshani@umail.uz |
YIL
SARHISOBI: ADTI matbuot va axborot xizmati
ADTI matbuot va
axborot xizmatida 2018- yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Matbuot xizmati o‘tgan yillarga
nisbatan ancha samarali ish olib bordi. Matbuot va axborot xizmati 2018 yil sentabrga qadar jamoatchilik asosida tashkil
etilgan bo‘lsa, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5- iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ -3775 –sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirining 2018- yil
19- iyuldagi 87-02-1797-sonli xati asosida
ADTIda ham matbuot kotibi lavozimi
rasman tashkil etilib, matbuot kotibi namunaviy Nizomi asosida ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Matbuot kotiblari
Ra’noxon Hayitboeva va Dilafruz
Sultonovalar reja asosida press-klub,
davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazishda
faol ishtirok etib, tadbir tafsilotlarini respublika, viloyat va mahalliy ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib kelmoqda. ADTIda o‘tkazilgan har bir tadbir tezkorlik, shaffoflik va oshkoralik
tarzida institut tasarrufidagi “Tibbiyot gulshani” gazetasi sahifalarida hamda institut
rasmiy veb-sayti adti. uz da muntazam yoritib borildi.
Quyida 2018- yil davomida matbuot xizmati tomonidan respublika OAVda yoritilgan institutda amalga oshirilgan islohotlar
to‘g‘risidagi ma’lumot havola etiladi.
№ |
Tadbir nomi |
O‘tkazilgan vaqti |
Kim tomonidan |
Chop etilgan va |
1. |
“XI respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar |
13 –fevral |
ADTI |
16 –fevral O‘zA, “Xalq so‘zi” |
2. |
Ikki oliy ta’lim dargohi hamkorligi |
14– fevral |
ADTI |
17–fevral O‘zA |
3. |
Salomatlik |
7–aprel |
ADTI va VSSB |
7- 8 aprel O‘zA |
4. |
“Tibbiyotning |
27– aprel |
ADTI |
2 –may O‘zA, “O‘zbekiston- |
5. |
“Profilaktik |
8-9– iyun | ADTI |
11– iyun O‘zA, “Yoshlar”kanali, “O‘zbekiston”kana-li, “Xalq so‘zi”gazetasi |
6. |
O‘qishga marhamat! |
21– iyun |
ADTI |
“Xalq so‘zi”, |
7. |
Kun mavzusi: qabuldagi |
15 -16 iyul |
ADTI, ADU, AndMI va AQXI rektorla- ri |
“O‘zbekiston”kanali |
8. |
Press-klub “Qabul |
15– avgust |
ADTI |
“Andijon |
9. |
Simulyatsion o‘quv |
11– sentabr |
ADTI |
“O‘zbekiston – |
10 |
Hindistonlik |
12– oktabr |
ADTI |
“O‘zbekiston- O‘zA |
11. |
“Oliy tibbiy |
9– noyabr |
ADTI |
“O‘zbekiston” |
12. |
“Tibbiyotda va |
7-8– dekabr |
ADTI |
O‘zA |
2018-
yil davomida “Tibbiyot gulshani” gazetasi tahririyati rejasi va Nizomiga asosan,
gazetaning 24 ta soni o‘z vaqtida sifatli
chiqarildi. Gazetada institutda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qaror va Farmonlarining ijrosi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va farmoyishlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlarining ijrosi va boshqa amalga oshirilayotgan ibratli
ishlar to‘g‘risida turli ruknlar ostida maqolalar
yoritib borildi. Yil davomida gazetada 480 dan ziyod maqolalar yoritilgan bo‘lsa , shundan 250 dan
ziyodini institut hayotiga doir axborot va
yangiliklar, 70 dan ortiq tematik maqola, 25 dan ortiq suhbat va intervyu, 40 ga
yaqin salomatlikni saqlash va turli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan maqola,
20 dan ortiq badiiy va boshqa mavzudagi maqolalar,
20 dan ortiq e’lon va bildiruvlar berib borildi. Shuningdek, 200 dan ortiq fotolavhalar
berildi. Bundan tashqari, gazetada “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, Jaholatga
qarshi ma’rifat”, “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi maqolalar tanlovlari g‘oliblarining
ijodiy ishlari ham chop etildi. Gazetaning har bir yangi soni www.tibbiyot
-gulshani.uz veb-saytiga muntazam qo‘yib
borildi.