alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MEHNATIDAN QADR TOPGAN USTOZLAR

19:48 09.10.2021

MEHNATIDAN QADR TOPGAN USTOZLAR

Keksalar duoga qoʻl ochib tursa yurtda baraka, yoshlarning ishida unum boʻladi. Shu bois yana bir bor “Keksalar eʼzozlash haftaligi” doirasida Andijon davlat tibbiyot instiutining bir qator nuroniy xodimlari, professor-oʻqituvchilar fayzli dasturxon atrofida jam boʻldilar.

Tadbir avvalida samimiy tabriklar bilan barcha faxriy ustozlar qutlanib, institut kasaba uyushmasi boʻlimi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Viloyat musiqa ansambli xonandalari ota-ona, ustoz, mehr-oqibat tarannum etgan kuy-qoʻshiqlar bilan dillarga bir olam zafq ulashdilar.

Eʼtibordan ruhlangan bir qator ustozlar dil soʻzlarini yashirmay, institut rahbariyati minnatdorchilik bildirlilar. Yillar davomida tibbiyot va taʼlim sohasiga ulkan xissa qoʻshgan professor-oʻqituvchilar xotirlandi. Shuningdek, soʻz olganlar bugungi kunda yoshlar qatori nuroniylarga ham qaratilayotgan eʼtibor, shogirdlari ayni damda yurtimiz ravnaqi yoʻlida samarali faoliyat olib borayotganliklarini faxr bilan aytib oʻtdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!