Ilmiy kengashlar zalida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Uni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor Mirzohid Botirov olib bordi.
Yigʼilishda talabalar turar joyi, ijrada yashovchi talabalar bilan ishlash, talabalar va institut xodimlarini ommaviy sportga jalb etish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish, iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash, ularni qoʼllab-quvvatlash, ehtiyojmand talabalar va xodimlarga koʼmaklashish kabi maʼruzalar tinglandi, bir qator kun tartibidagi masalalar koʼrib chiqildi.
Murabbiylar kengashi, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengash raislariga, Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkilot yetakchilariga, fakultet dekanlari va ularning oʼrinbosarlariga mavzu boʼyicha topshiriq va koʼrsatmalar berildi.