alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAFOSAT BAYRAMI MUBORAK, AZIZ AYOLLAR!

17:37 07.03.2024

Bugun, 7-mart kuni  Andijon davlat tibbiyot institutining ayol-qizlari uchun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol – go‘zallik va nafosat timsoli!” nomli bayram tantanasi o‘tkazildi.

Tantana avvalida institut rektori M.Madazimov boshchiligida prorektorlar, fakultetlar dekanlari tomonidan «Muqaddas ayol» taronasi jonli ijro etildi.

Tadbirda institut rektori so‘zga chiqib, barcha ayol-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

– Institutimizning jonkuyar, fidoyi professor-o‘qituvchilari, xodima ayollarimiz, qadrli talaba-qizlarim! Bugungi bayramni chinakkamiga go‘zallik, mehr va sadoqat bayrami desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sizlar bizning g‘amxo‘rimiz, parvonamizsiz. Barchangizga bugungi bayram muborak bo‘lsin. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, mehnat faoliyatingizda omad va zafarlar tilayman, – dedi M.Madazimov.

Shundan so‘ng, institut rektorining bayram munosabati bilan ayol-xodimalarni taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i o‘qib eshittirildi.

Unga ko‘ra, institutning ilmiy, ijodiy, ijtimoiy sohalarida faollik ko‘rsatayotgan 151 nafar ayol xodimalari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan, 537 nafar ayol xodimalar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Bayram tantanasi davomida maqom amsambli honanda va sozandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.  Institutning iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Ulfatlar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi tomonidan quvnoq chiqishlar namoyish etildi. Fakultetlar tyutorlari tomonidan ijro etilgan qiziqarli sahna ko‘rinishlari olqishlarga sabab bo‘ldi.

Tadbir davomida sho‘x kuy-qo‘shiqlar barchani davraga chorladi. Bayram tadbiri ayol-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!