Bugun, 27-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Dastavval noyabr oyida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar munosib rag‘batlantirildi. Shundan so‘ng talabalarning darslardagi faolligi, institutda kiyinish madaniyati, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi qator masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Yig‘ilish davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinovning Qomusimizning 32 yilligiga tayyorgarlik va noyabr oyida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tadbirlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘I S.Asqarovning bo‘lim tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulovning Germaniyaning Rostok Universiteti bilan “Tibbiyot biotexnologiyalari” mutaxassisligida 1+1 magistratura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturi yuzasidan tayyorlangan hisobotlari tinglandi.