Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OʻZBEKISTON-GERMANIYA: TADQIQOTLAR YOʻNALISHIDA HAM HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

12:05 09.11.2022

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov rahbarligidagi 5 nafar mutaxassislarimiz Germaniyaning Rostok universiteti klinikasida malaka oshirishmoqda.

Tashrifning ikkinchi kunida K.Salohiddinov Yevropa fan va madaniyati ishlari vaziri Bettina Martin bilan uchrashuv olib bordi. Unda Germaniya univeritetlari, xususan Rostok universiteti bilan qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga, akademik almashinuvi asosida onkologiya, yurak jarrohligi, urologiya, transplantatsiya va boshqa sohalarda yetakchi mutaxassislarni jalb qilishga kelishib olindi. Shundan soʻng senat bilan ham yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tashrif davomida Genetika markazining professori Arndt Rolfs bilan ham uchrashuv oʻtkazildi. Unda markazda olib borilayotgan amaliy ishlar, tadqiqotlar, insonlarda patologik oʻzgarishlar va mutatsiyalarni DNK tadqiqotlari natijalari bilan tanishildi. Qolaversa, mazkur yoʻnalishlarda mumkin boʻlgan profilaktika choralari va irsiy genetik patologiyalarni davolash, odam genomikasida irsiy oʻzgarishlarni aniqlash yoʻnalishlarida Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislarini qoʻshma tadqiqotlarlarga yoʻnaltirish, tajriba almashinishlari uchun imkoniyatlarni yanada mustahkamlash boʻyicha ham muzokaralar olib borilib, taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!