Bugun, 2-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat Ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda “Ogohlikni men qanday his etaman?” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Andijon viloyati Ichki ishlar organlari faxriylar kengashi raisi podpolkovnik D.Yusupov, Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i maslahatchisi, iste’fodagi podpolkovnik O.Yuldashev, kengash a’zosi podpolkovnik V.Bo‘tayev, iste’fodagi polkovnik R.Karimov, iste’fodagi polkovnik G‘.Raximov, Andijon viloyati ichki ishlar organlari yoshlar yetakchisi, kapitan J.O‘ktamov, institut Profilaktika inspektorlari, institut psixologi O‘.Arziqulov, dekan o‘rinbosarlari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan jinoyatchilik hatti-harakatlari, o‘zaro nizolarning mudhish oqibatlari haqida, avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodda tasavvur hosil qilish, inson ongini zaharlashga urinayotgan yovuz niyatli kimsalar aldovidan ehtiyot bo‘lishga undash, joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hozirgi kunda eng muhim vazifalaridan biriga aylangani ta’kidlandi.
Shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar, salbiy illatlar taʼsiriga tushib, natijada o‘z kelajagi barbod bo‘lgan yoshlar borasida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bugungi kunda yoshlarni turli g‘arazli yot gʼoyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish jaholatga qarshi faqat ilm-maʼrifat, yetuk salohiyat, iqtidor bilan kurasha olish mumkinligi haqida so‘zladilar. Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.