alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLIS QISHLOQLАR E’TIBORIMIZDА

14:16 27.04.2021

Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bagʼishlangan tadbirlar respublikamiz bo’ylab katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Namangan viloyati Chust tumanidagi olis Gʼova qishlogʼining madaniyat markazida ham mazkur bayram munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda namanganlik shoir va yozuvchilar qatori Gʼova qishlogʼi aholisining taklifiga binoan shoir, institutimizning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori Mirzohid Botirov ham ishtirok etdi.

100 ortiq oʼquvchilar, Gʼova qishlogʼining ijodkor, she’rsevar aholisi qatnashgan tadbirda Muhammad Yusufning hayoti va ijodi, otashin sheʼrlari haqida fikr va mulohazalar bildirildi. Soʼzga chiqqan M. Botirov ham shoirning oʼzbek qizlariyu yigitlariga ibrat boʼluvchi, vatanparvarlik, sadoqat, muhabbatga yoʼgʼrilgan misralari xususida fikrlar bildirib, sheʼrlaridan namunalar oʼqidi. Shuningdek, oʼzining qalamiga mansub sheʼrlaridan oʼqib berdi. Аyniqsa, ona mavzusidagi sheʼrlari barchaning qalbini larzaga keltirdi, xatto koʼz yoshini yashirmaganlar ham boʼldi.

Tadbir davomida Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid mushoiraxonlik ham oʼtkazildi. Unda faol ishtirok etganlarga institutimiz rahbariyati tomonidan kitoblar taqdim etildi.Sheʼriyat va adabiyot bor ekan, millat millat sifatida qadr topaveradi.