O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida Innovatsion rivojlanish vazirligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi ishchi guruhi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Institutda hozirgi kunda 25 nafar doktorantlar (PhD) 11 ta ixtisoslik (14. 00.01-akusherlik va ginekologiya, 14.00.02-Morfologiya, 14.00.04-Otorinolaringologiya, 14.00.08-Oftalmologiya, 14.00.09-Pediatriya, 14.00.10-Yuqumli kasalliklar, 14.00.13-Nevrologiya, 14.00.18-Psixiatriya va narkologiya, 14.00.21-Stomatologiya, 14.00.27-Xirurgiya, 14.00.38-Sport tibbiyoti) bo‘yicha tayanch doktorantlar tahsil olmoqda.
Ishchi guruh tomonidan tahsil olayotgan tayanch doktorant (PhD)larning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning tasdiqlanganligi, uning bajarilishi, ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari, mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tganligi hamda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha taqdim qilingan hisobotlar va chop ettirilgan maqola hamda tezislari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida monitoring natijalari bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.