Onlayn malaka oshirish o‘quv sikli boshlandi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil15-iyuldagi o‘tkazgan selektor yig‘ilishida “Respublikada faoliyat olib borayotgan barcha tibbiyot xodimlarini koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlash bo‘yicha malakasini oshirish” to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori buyrug‘iga asosan   Andijon viloyati davolash profilaktika muassasalarida faoliyat yurgizayotgan shifokorlar uchun “COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda o‘pka kasalliklarini davolash” mavzusidagi 36 kreditdan iborat mavzuiy malaka oshirish o‘quv sikli boshlandi. 2020-yil 27-iyuldan ZOOM dasturi orqali masofaviy o‘qitilishi tashkil qilingan ushbu mavzuiy malaka oshirish o‘quv sikliga professor-o‘qituvchilari o‘qituvchi sifatida jalb qilindi.

Mavzuiy malaka oshirish o‘quv sikli uch guruhda tashkil etigan bo‘lib unga viloyat tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan kordiolog, terapevt, ftiziatr, gematolog, umumiy amaliyot shifokorlari tinglovchi etib qabul qilindi.

Onlayn mavzuiy malaka oshirish o‘quv sikliga Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov, tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika  kafedrasi mudiri N.S.Xakimovlar mas’ul etib tayinlandilar.

Sikl yakunida mavzuni o‘zlashtirib, imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan kursantlarga kafedra mudiri mas’ulligida 36  kreditdan iborat mavzuiy malaka oshirganlik haqidagi sertifikat beriladi.

ADTI axborot xizmati

158