Skip to content PARAMEDITSINA — BUGUNGI QADAM, ERTANGI HAYOT QUTQARUVCHISI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PARAMEDITSINA — BUGUNGI QADAM, ERTANGI HAYOT QUTQARUVCHISI

21:28 02.06.2025

Bugun, 2-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Parameditsina yo‘nalishi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Koreya milliy transport universiteti Parameditsina fakulteti dekani Dong Min Shin, fakultet talabalari va Andijon, Namangan viloyati Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumlari rahbarlari hamda bitiruvchilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida institut rektori so‘z olib, qo‘shma ta’lim dasturi, parameditsina yo‘nalishi haqida ma’lumot berdi. Dong Min Shin qisqa videolar orqali texnikum bitiruvchilarini ushbu yo‘nalish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, u Koreyada parameditsina yo‘nalishining qanday rivojlangani, ta’lim sifati, klinik tayyorgarlik va xalqaro standartlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida paramedik kasbining xalqaro ahamiyati, Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma 3+1 o‘quv dasturi, KMTU diplomining dunyo bo‘yicha tan olinishi, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda simulyatsion markazlarning o‘rni kabi dolzarb mavzular yoritildi.

Mutaxassislar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi va qatnashchilar ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etdi.

adti.uz
Would like to send you notifications