(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Pediatriya fakultetining professor-o’qituvchi va xodimlari sport-sog’lomlashtirish mashg’ulotlarida

16:45 24.04.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida sport- sog’lomlashtirish kunlari mazmunli tashkil etilmoqda.

23- aprel kuni pediatriya fakultetining  Bolalar jarrohligi va anesteziologiya- reanimatologiya kafedrasi  professor-o’qituvchilari va xodimlari institut sport zaliga tashrif buyurdilar.

Shu kuni ular   sportning stol tennisi, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka  turlari bilan shug’ullandilar  va mashg’ulotlarda faol qatnashib, bo’sh vaqtlarini maroqli  o’tkazdilar.