POYTAXTIMIZDA OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING IV VENOZ FORUMI BOʻLIB OʻTDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

POYTAXTIMIZDA OʼZBEKISTON RESPUBLIKASINING IV VENOZ FORUMI BOʻLIB OʻTDI

20:42 07.11.2025

Joriy yilning 6- noyabr kuni Toshkent shahrida Andijon davlat tibbiyot instituti 1-fakultet va Gospital jarrohlik kafedrasi va O’zbekiston flebologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Toshkent oltin kuzi” O’zbekiston flebologlar assotsiatsiyasining toʻrtinchi venoz forumi va limfologiyaning dolzarb masalalari ilmiy sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy sessiyа “Oʼzbekistonda klinik limfologiyaning asoschisi – professor S.U. Djumabayevning 95 yilligiga bagʻishlandi. Anjumanda dunyoning 15 mamlakatidan 500 nafardan ziyod olimlar, soha mutaxassislari qatnashdi. Unda 90 ta dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar o’qildi.

Mazkur ilmiy sessiyaning borishi ADTI ilmiy kengashlar zalida pedagoglar, magistrlar va klinik ordinatorlarga online translatsiya qilib borildi.

Maʼlumot oʻrnida, bu yilgi tadbirning oʼziga xos jihati u zamonaviy qon-tomir tibbiyotining yangi — limfologiya yoʼnalishiga bagʼishlangan ilmiy seksiyani oʼz ichiga oldi.

Skip to content