Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi talabalari uchun Andijon viloyat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salaomatligi xizmatida tashkil etilgan mutaxassislik fanlar bazasida Sanitariya gigiena laboratoriyasida amaliy mashg‘ulot darslari yo‘lga qo‘yilgan.
Talabalar davolash profilaktika muassasalarida havoni ifloslanganlik darajasi, ish joylarida yoritilganlik, atmosfera bosimi, havoni harakat tezligi, havo harorati va namligini o‘zlari bevosita laboratoriya sharoitida aniqlashmoqda.
Shu bilan birga ichimlik suvi tarkibidagi kimyoviy ko‘rsatkichlar – xloridlar, sulfatlar, temir hamda umumiy qattiqlik miqdorini aniqlash maqsadida tahlillar olib borishmoqda.
S.Xolmirzayeva
ADTI tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi dekani