Tanlovda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari tasviriy san’at yo‘nalishi (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
Arizalar 2021 yilning 10 mayidan 20 mayiga qadar Chirchiq davlat pedagogika institutidagi Tanlov tashkilotchilari tomonidan qabul qilinadi.
Tanlovning 2-bosqichi 25 maydan 1 iyunga qadar tashkil etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- ishtirokchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- 4×6 hajmdagi 2 dona fotosurat;
- 2 (ikki) donadan ko‘p bo‘lmagan ijodiy ish.
Tanlov shartlari:
- Asarning mazmuni tanlov mavzusiga mosligi;
- Tarixiy jihatlari;
- Kompozitsion va texnik mahorati;
- Ranglar jilosi va badiiy ifoda bo‘lishi kerak.
Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 104-uy (Chirchiq davlat pedagogika instituti).
G‘oliblar I, II, III darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Manba: Edu.uz rasmiy kanali