Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLAR BILAN 5 TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA

12:03 16.04.2022

Besh tashabbus-besh imkoniyat demakdir. Bunda yangidan yangi iqtidor egalari shakllanmoqda. Talabalarga “Maʼnaviy yuksalish” kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida targʻibot tadbiri hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tashkil etilganligi va xotin-qizlar bilan ishlash faoliyatining turlari toʻgʻrisida maʼlumot berish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi. Unda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova va tyutor M.Mamajonova ishtirok etdi.

Shuningdek, «Madaniyat va yoshlar oyligi» doirasida  kutilmagan uchrashuv – Oʻzbekiston xalq artisti Mavluda Boymatova bilan suhbat tashkil etilib, unda talabalar bugungi kunda sanʼat sohasidagi yangiliklardan boxabar boʻldilar.

Qoʻli gul chevar qizlarimiz esa Hunarmand va tadbirkor ayollar uyushmasi va Monomarkazda boʻlib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!