REKTOR «A’LAM» MAHALLASIDAN INSTITUTGA BIRIKTIRILGAN XONADON VAKILLARI BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR «A’LAM» MAHALLASIDAN INSTITUTGA BIRIKTIRILGAN XONADON VAKILLARI BILAN UCHRASHDI

17:43 06.12.2024

Bugun, 6-dekabr kuni “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligida mas’ullar institutga biriktirilgan Baliqchi tumanidagi “A’lam” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi oila vakillari bilan uchrashib, ularning holidan xabar oldi.

Mazkur uchrashuv joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Joriy yil davomida mazkur mahallaning institutga biriktirilgan 5 ta xonadoni egalarining holidan xabar olinib, ularga turli xildagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishni boshlashlarida ko‘mak berib kelinmoqda.

Bugun esa mas’ullar xonadon egalarining ushbu imkoniyatlardan qanchalik unumli foydalanayotganligi holatlarini o‘rgandi. Aholi vakillariga berilgan 15 boshdan qora tovuqni boqayotganligi, tikuv mashinasi yordamida faoliyatni boshlab yuborganliklari, daromadga kirish arafasida ekanliklarini va bundan mamnunliklarini bildirdi.

Shuningdek, O.Ahmedovaning uyi qishdan chiqish uchun ta’mirlandi va G.Xoldarovaning uyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berildi.

Institut rektori kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha navbatda qilinadigan ishlarni mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi bilan kelishib, rejalashtirib oldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!