REKTOR BOLGARIYANING PLEVEN TIBBIYOT UNIVERSITETI MUTAXASSISLARI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVINI O‘TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR BOLGARIYANING PLEVEN TIBBIYOT UNIVERSITETI MUTAXASSISLARI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVINI O‘TKAZDI

17:45 06.06.2024

Bugun, 6-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida institut rektori M.Madazimov va Bolgariyaning Pleven tibbiyot universiteti prorektori Dr. Hristo Dochev, Obdominal jarrohlik bo‘limi mudiri Dr. Paulina Vladova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar davomida ilmiy, akademik sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Pleven tibbiyot universitetiga tegishli Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan “Journal of Biomedical and Clinical Research” nomli jurnalida maqolalar chiqarish yuzasidan kelishib olindi. Mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari almashildi.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar uchun institutning yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosi hamda institut klinikasiga sayohat tashkil etildi. Unda ushbu binolar imkoniyatlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mukammal o‘zlashtirishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy tibbiy, ta’lim texnologiyalari bilan jihozlanayotganligi jarayonlari bilan tanishtirildi. Xorijlik mutaxassislar bu kabi sharoitlarda, yuqori bilimli professor-o‘qituvchilardan ta’lim olgan yoshlar yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!